83 yoshli onaxon ziplaynda uchib, barchani lol qoldirdi

Chinozlik 83 yoshli onaxon o‘zining jasorati va hayotga bo‘lgan cheksiz qiziqishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda katta e’tibor qozonmoqda. U Zominning go‘zal tog‘lari bag‘rida joylashgan, ko‘pchilikning yuragi dov bermaydigan ziplaynda uchib, barchani hayratda qoldirdi.
Eng e’tiborlisi, bu uning ilk tajribasi emas. Onaxonning aytishicha, u o‘tgan yili ham ziplaynda uchgan va bu safar yana o‘zini sinab ko‘rishga qat’iy qaror qilgan. Uning bu jasorati yoshlar uchun ham haqiqiy motivatsiyaga aylandi.
Kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olindi. Ko‘pchilik onaxonning dadilligi, irodasi va hayotdan zavq olish qobiliyatiga qoyil qolib, izohlarda uni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Darhaqiqat, yosh — faqat raqam. Ushbu onaxon esa o‘z harakati bilan har qanday yoshda ham faol va jasoratli bo‘lish mumkinligini yana bir bor isbotlab berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!