date

Toshkentda avtobus va Tracker to‘qnashib, uch kishi jarohatlandi

Toshkentda avtobus va Tracker to‘qnashib, uch kishi jarohatlandi

Toshkent shahrida 14 may kuni yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, avtobus hamda Tracker avtomobili ishtirokidagi to‘qnashuv oqibatida uch nafar fuqaro jarohat oldi. Bu haqda Toshshahartransxizmat matbuot xizmati ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasida, BRT maxsus yo‘lagi hududida yuz bergan. Aytilishicha, Tracker haydovchisi transport vositasini keskin chap tomonga burishi natijasida avtobus bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida Tracker haydovchisi, uning yonidagi yo‘lovchi hamda Yutong avtobusida bo‘lgan yo‘lovchilardan biri turli darajada tan jarohati olgan. Jabrlanganlar zudlik bilan 16-sonli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga murojaat qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, voqea sabablari o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida ham yo‘lovchi avtobusi ishtirokidagi YTH kuzatilib, bir necha yo‘lovchi jarohatlangan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda avtobus va Tracker to‘qnashib, uch kishi jarohatlandi