O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot, xususan, noqonuniy tamaki mahsulotlari aylanmasiga qarshi kurashish doimgidan-da dolzarb bo‘lib bormoqda. Sababi so‘nggi 2 yil ichida respublikada tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi hajmi ortgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.07.2009 yildagi 200-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq MIBning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan sud va boshqa vakolatli organlar tomonidan berilgan ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanmoqda.
Prokuratura byurosi Marg‘ilon shahar bo‘limi ish yurituvidagi Qo‘qon shahar sudining ijro hujjatiga asosan, javobgar "Sh.M" ning ishi yuzasidan ashyoviy dalil tariqasida olingan jami 504 mln. so‘mlik 28.000 dona “ESSE CHANGE” nomli tamaki mahsulotlari belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
Yo‘q qilish tadibirida tegishli tashkilot vakillari Marg‘ilon shahar SEOM, Marg‘ilon shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi, saqlanishi uchun javobgar shaxs va ikki nafar xolislar ham ishtirok etib, Toshloq tumanida joylashgan chiqindini yoqish joyida Byuroning ish yurituvida bo‘lgan mazkur ijro hujjatining ijrosi to‘liq ta’minlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!