Ijro hujjatlari ichida o‘zgacha bir ijro ishlari mavjudki, bu haqqi huquqi poymol bo‘lgan ma’lum yo‘nalishdagi mutaxassislarning o‘z ishidan noqonuniy bo‘shatilishidir.
Gap o‘z sevgan kasbidan ayrilgan pedagog xodim haqida boradi...
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 11.07.2023 yildagi ijro varaqchasiga asosan javobgar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’limi agentligining 08.05.2023 yildagi mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi 131-k-sonli buyrug‘ining 9-paragrofini bekor qilish va da’vogar I.Xaydarovni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Buxoro viloyat Buxoro tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro ishi yuzasidan Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi davlat ijrochisi Q.Mardiyevning olib borgan majburiy ijro harakatlari natijasida ta’lim xodimi o‘z ishiga tiklanishi va uni suygan tarbiyalanuvchilar bag‘riga qaytib ishlashi ta’minlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!