Olmaliqda dahshatli YTH: ikki bolani mashina urib ketdi, ulardan biri vafot etdi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida sodir bo‘lgan ayanchli yo‘l-transport hodisasi oqibatida voyaga yetmagan bolalardan biri hayotdan ko‘z yumdi.
Ma’lum qilinishicha, fojiali hodisa 12-may kuni kunduzi Amir Temur ko‘chasida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2000-yilda tug‘ilgan haydovchi avtomashinasi bilan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan.
YTH natijasida 2017-yilda tug‘ilgan bolalardan biri og‘ir tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan. Ikkinchi jabrlanuvchi esa shifokorlar nazorati ostida davolanmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda haydovchiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Andijon viloyatining Marhamat tumanida ham yuk mashinasi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda halok bo‘lgan edi.