60 yoshli onaxonning 100% natijasi ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida yashovchi 60 yoshli bir onaxon haydovchilik guvohnomasini olish uchun topshirilgan nazariy imtihonda 20 ta savolning barchasiga to‘g‘ri javob berib, mukammal natija qayd etdi. U imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib, haydovchilik guvohnomasini olishga bir qadam yaqinlashdi.
Eng qizig‘i, onaxonning quvonchi videoga tushib qolgan va u bolalardek samimiy xursand bo‘lib, natijasini yaqinlari bilan bo‘lishgan. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, ko‘plab foydalanuvchilarning qalbini iliq hislar bilan to‘ldirdi.
Foydalanuvchilar esa videoga turli izohlar qoldirmoqda: “Iroda bo‘lsa, yosh to‘siq emas ekan”, “Harakat qilgan odam uchun kechikish yo‘q” va “Onaxon barchaga motivatsiya berdi”.
Ko‘pchilik bu voqeani faqat imtihon natijasi emas, balki hayotga bo‘lgan ishonch va qat’iyat ramzi sifatida baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!