
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor Sh.K dan ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari foydasiga 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Samarqand viloyatidan Byuroning Yashnobod tuman bo‘limiga ijrosini ta’minlash uchun kelib tushgan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdor Sh.K.dan L.X. foydasiga 112 mln so‘m qarzdorlik undirib berilgan.
Bundan tashqari, Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvidagi qarzdor Sh.Kamalovdan jami 36 marta 29 mln 500 ming so‘mlik maxsus avtomatlashtirilgan foto va video moslamalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzilishi yuzasidan kelib tushgan jarimalarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan jarimalarni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.
Jarima summalari ogohlantirishlarga qaramasdan to‘lanmaganligi sababli qarzdorga tegishli bo‘lgan Cobalt avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan hamda tezkor qidiruv harakatlari davrida, avtomashina topilib, jarima maydoniga qo‘yilgan.
Karimov Bekzod
Bosh prokuratura boshqarma prokurori
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Bosh prokuratura boshqarma prokurori
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar