363
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Foto: “Mbi74.ru”
Alifboni bilish akademik muvaffaqiyat uchun juda muhim. Bundan tashqari alifbodagi dastlabki harflar bilan boshlanadigan familiyaga ega bo‘lish ham bahoga ijobiy ta’sir qilishi mumkin.
Michigan universiteti tadqiqotchilari tomonidan 30 milliondan ortiq baho yozuvlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, alifbo bo‘yicha pastki qatorlarda joylashgan harflar bilan boshlanuvchi familiyaga ega bo‘lgan talabalar boshqalardan ko‘ra pastroq baho oladi. Bu alifbo tizimida ro‘yxat tuzilishi va aynan shu ro‘yxat orqali bolalarni baholanish mexanizmining xato ekanligini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, pastki qatordagi harflar bilan boshlanuvchi familiya egalari o‘qituvchilar tomonidan salbiy va qo‘polroq muomalaga duch kelgani aniqlangan.
“Biz ko‘p vaqtni baholashni qanday qilib adolatli va aniq qilish haqida o‘yladik, lekin bu juda hayratlanarli. Biz ma’lumotlarni ko‘rib chiqmagunimizcha va ketma-ket baholashda farqlar bo‘lishini bilmaguncha bu narsa xayolga kelmagan”, — deydi M. Ross biznes maktabining texnologiya va operatsiyalar bo‘yicha dots.nti Jun Li.
Tadqiqotchilar Kanvas*dagi 2014 yil kuz semestridan 2022 yil yoziga qadar bo‘lgan 140 mingga yaqin talabaning 31 millionga yaqin topshiriqlarning mavjud tarixiy ma’lumotlarini to‘pladi.
Foto: Management Science
Ularning tadqiqotlariga ko‘ra, o‘qituvchilar ko‘plab topshiriqlarni tekshirishi sababli baholash sifatining pasayishini aniqladilar. Vangning so‘zlariga ko‘ra, familiyasi A, B, C, D yoki E bilan boshlangan talabalar boshqalardan ko‘ra 100 ballik tizimda 0,3 ballga yuqori baho olishgan. Xuddi shunday, alifbodagi so‘nggi qatordagi harflar bilan boshlanadigan familiyaga ega bo‘lgan talabalar 0,3 ball pastroq baho olishgan. Umumiy, alifboning boshi va oxiridagi talabalarning bahosidagi farq — 0.6 ballga teng.
Foto: Management Science
Olimlar bunday bahodagi farq o‘quvchining kelajakdagi istiqboliga ham ta’sir qilishi mumkinligi haqida xulosalar bergan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, topshiriqlarni tasodifiy tartibda baholash imkoniyati mavjud va ba’zi o‘qituvchilar buni amalga oshiradi. Bu muammoning yechimi sifatida ham barcha muassalarda har safar tasodifiy ro‘yxat shaklantirilib baholash tavsiya etilgan.
*Kanvas (Canvas) — o‘qituvchi va o‘quvchilarga onlayn dars jarayonlarini tashkil qilib beruvchi platforma. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi