date

O‘zbek bokschilari finalga yo‘l olmoqda, Isroilov ham g‘alaba qozondi

O‘zbek bokschilari finalga yo‘l olmoqda, Isroilov ham g‘alaba qozondi

Angliyaning Liverpul shahrida bo‘lib o‘tayotgan kattalar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionati qizg‘in pallaga kirdi. Bugungi kun dasturida 7 nafar bokschimiz jang qilishi belgilangan bo‘lib, ularning ayrimlari allaqachon muxlislarni xursand etdi.

65 kilogramm vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va 80 kilogramm vazn toifasida Javohir Ummataliyev finalga yo‘llanma oldi. Shu bilan birga, 51 kilogrammda Feruza Kazakova va 70 kilogrammda Aziza Zokirova munosib harakat qilib, bronza medallari bilan cheklanishdi.

Shuningdek, -85 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Akmaljon Isroilov avstriyalik raqibi Michayel Fares Derouich bilan to‘qnashdi. Jang uch raund davomida keskin o‘tdi. Vakilimiz har bir daqiqada ustunligini saqlab qoldi va hakamlar uning aniq va ta’sirchan zarbalarini yuqori baholashdi. Natijada, uchrashuv yakunida Akmaljon Isroilov yakdil qaror bilan 5:0 hisobida zafar qozondi va final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir muhim final jangi kutyapti: 75 kilogramm vazn toifasidagi hamyurtimiz Fazliddin Erkinboyev Bolgariya vakili Kivan Ramiga qarshi maydonga chiqadi.

O‘zbek bokschilari xalqaro arenani zabt etishda davom etmoqda va final bahslari oldidan ularning yuksak natijalari barcha sport ixlosmandlari uchun quvonch bag‘ishlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek bokschilari finalga yo‘l olmoqda, Isroilov ham g‘alaba qozondi