date

Murodjon Ahmadaliyev jang oldidan ishonchli so‘zlar aytdi...

Murodjon Ahmadaliyev jang oldidan ishonchli so‘zlar aytdi...

30 yoshli o‘zbekistonlik professional bokschi, WBA versiyasi bo‘yicha vaqtinchalik chempion Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inouega qarshi katta jang oldidan o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ahmadaliyev raqibining katta yutuqlarini tan olgan holda, o‘zining ustun jihatlariga ham alohida e’tibor qaratdi:

«Sportchi sifatida Inoueni juda hurmat qilaman. Uning marralari haqiqatdan ham katta. U shubhasiz boksda mahoratli, ammo men jangovar sifatida undan yaxshiroqman. Uning tezkorligi va kuchi bor, lekin menda undan yuqori jihatlar mavjud. U yengil vazn toifasida barcha raqiblarni mag‘lub etdi, hozir esa 55,3 kgda o‘z sinovini ko‘rsatmoqda.

Ammo aynan shu divizion mening maydonim. Men bu toifada har qanday raqib uchun jiddiy sinov bo‘la olaman. Bu — mening vaznim, mening tanam esa qurolim. Va men — aynan o‘sha qurolman», — deya ta’kidladi Ahmadaliyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan Murodjon Ahmadaliyev va Yaponiyaning taniqli bokschisi Naoya Inoue o‘rtasidagi to‘qnashuv ertaga, 14 sentyabr kuni Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadi. Jang Toshkent vaqti bilan 16:30 dan keyin start oladi.

Bu to‘qnashuv nafaqat o‘zbekistonlik muxlislar, balki butun dunyo boks ishqibozlari uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev jang oldidan ishonchli so‘zlar aytdi...