date

Cobiq prezident Atambayev oilasi Qo‘ytoshdagi uyidan kuch bilan chiqarildi

Cobiq prezident Atambayev oilasi Qo‘ytoshdagi uyidan kuch bilan chiqarildi

Qirg‘iziston sobiq rahbari Almazbek Atambayevning oila a’zolari Qo‘ytosh qishlog‘idagi xonadonidagi turarjoydan kuch ishlatish orqali chiqarildi. Bu haqda «Interfaks» agentligi xabarida aytib o‘tildi.

Sobiq prezidentning qizi Aliya Shagiyevaning ma’lumot berishicha, uyga ba’zilari militsiya formasida, ba’zilari esa oddiy kiyimdagi shaxslar kelgan va eshikni buzib ochib kirishgan. Ularning hech biri rasmiy hujjat taqdim etmagan.

Qirg‘iziston Davlat mulkini boshqarish agentligi tushuntirishicha, Atambayevning Qo‘ytoshdagi uyi joylashgan yer sud qaroriga asosan davlat mulki sifatida qaytarilgan. Hokimiyat bu hududda qariyalar uyi va bolalar bog‘chasini qurishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3-iyunida Bishkek shahri Pervomaysk tuman sudi Almazbek Atambayevni sirtdan 11-yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqargan va uning mol-mulkini musodara qilgan edi.

Sobiq prezidentga qator og‘ir ayblovlar qo‘yilgan: korrupsiya bilan shug‘ullangani, ommaviy tartibsizliklarni tashkil etgani va Qo‘ytosh qishlog‘idagi yer maydonlarini noqonuniy tarzda o‘zlashtirgani sud tomonidan tasdiqlangan.

Shu tariqa, Atambayev oilasi istiqomat qilgan uy davlat ixtiyoriga o‘tib, endilikda ijtimoiy ahamiyatga ega yangi inshootlar qurilishi uchun xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Cobiq prezident Atambayev oilasi Qo‘ytoshdagi uyidan kuch bilan chiqarildi