Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni hisoblangan mashhur irlandiyalik jangchi Konor Makgregor yaqinda jamoatchilikka sir bo‘lib kelgan ma’lumotni oshkor qildi. Unga ko‘ra, Irlandiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari oldidan u dunyoning eng boy insonlaridan biri, mashhur tadbirkor Ilon Mask bilan muloqot qilish sharafiga ega bo‘lgan.
Makgregorning ta’kidlashicha, suhbat davomida Mask unga qimmatli maslahatlar beribgina qolmay, balki o‘z yordamini ham taklif etgan.
«Ilon haqiqiy superqahramon, zamonamiz qahramoni. U menga ko‘p vaqt ajratdi, suhbatlashdi va qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. U hatto moliyaviy yordam ko‘rsatishni ham taklif qildi, ammo men bu taklifni rad etdim. Chunki men bu yerda pul yoki boylik uchun emasman. Men uchun bu yo‘l – g‘oya va xalq xizmati yo‘li. Ilon esa insoniyatning katta yutug‘i, uning shaxsiy tashabbuslari va ilmiy sa’y-harakatlari butun dunyoda katta ahamiyatga ega. Men bunga chinakam hurmat bilan qarayman», — dedi Makgregor.
Ma’lumot uchun, Irlandiyada prezidentlik saylovlari joriy yilning 24 oktyabr kuni o‘tkazilishi belgilangan. Bu siyosiy jarayon nafaqat mamlakat, balki xalqaro maydonda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Shunday ekan, Konor Makgregorning siyosiy sa’y-harakatlari va uning Ilon Mask kabi nufuzli shaxslar bilan aloqasi irland jamoatchiligida albatta katta muhokamalarga sabab bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!