O‘zbekistonda xotin-qizlarni rag‘batlantirish va ularning turli sohalardagi faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi taklif muhokama qilinmoqda. Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, endilikda tibbiyot yo‘nalishida alohida “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi mumkin.
Mazkur o‘zgarishlar PF-2326-sonli Farmonga kiritilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, tibbiyot sohasida alohida yutuqlarga erishgan, ilmiy izlanishlar olib borgan yoki jamoatchilikka munosib hissa qo‘shgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlar mazkur mukofot bilan taqdirlanishi nazarda tutilmoqda.
Mukofotga nomzodlardan so‘nggi uch yil davomida tibbiyotda amalga oshirgan ishlari, ilmiy maqolalari, patentlari yoki jamoatchilik faoliyatidagi yutuqlarini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar taqdim etilishi talab qilinadi.
Mutaxassislarning fikricha, mazkur tashabbus tibbiyot yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan qizlarni yanada ko‘proq safarbar etadi. Bu nafaqat ularning shaxsiy salohiyatini namoyon qilishga, balki mamlakat sog‘liqni saqlash tizimidagi ilmiy va amaliy ishlanmalarni kuchaytirishga ham xizmat qiladi.
Shu bilan birga, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga uch oy muddatda qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif tayyorlab, Hukumatga taqdim etish vazifasi yuklatilgan.
Aytish joizki, “Zulfiya” mukofoti ko‘p yillardan buyon ta’lim, san’at va ijtimoiy sohada faoliyat yuritayotgan iqtidorli qizlarni rag‘batlantirib kelayotgan bo‘lsa, endi tibbiyot sohasining ham bu qatorga qo‘shilishi xotin-qizlarning faolligini yanada kengaytiradi.
Tibbiyot sohasi uchun alohida “Zulfiya” mukofoti joriy etiladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar