
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan Sh.Ibragimovga tegishli yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi sababli qarzdor Qo‘shko‘pir tuman hokimligidan 200,4 mln. so‘m kompensatsiya undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi Alohida muhim ijro hujjatlarini ijro etish sho‘basi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga ko‘ra qarzdorga ijro hujjatining ijrosini ixtiyoriy ravishda ta’minlash uchun muddat berilgan.
Ijro harakatlari davomida fuqaro Sh.Ibragimovga hokimlikdan 200,4 mln. so‘m kompensatsiya pullari to‘liq undirib berildi hamda ijro hujjati amaldagi Qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlandi.
Fuqarolik IshlariShovot TumaniIjro HujjatiKompensatsiya PullariXorazm ViloyatiQonun Moddasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing