O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 25–29 iyul kunlari havo harorati 43 darajagacha isiydi. Mutaxassislar tahliliga ko‘ra, bunday harorat termik depressiya jarayonini keltirib chiqarishi [url=https://daryo.uz/k/2024/07/25/ozbekistonda-jazirama-issiq-qancha-davom-etadi]mumkin.
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekistonda iyul va avgust oyi boshlarida anomal issiq havo kuzatilishini prognoz qilgandi. Institut olimlari tahlilida bunday g‘ayritabiiy harorat ta’sirida mintaqada termik depressiya (termal tushkunlik) vujudga kelishi ham qayd etilgan.
“Termik depressiya yozgi sinoptik jarayon bo‘lib, Markaziy Osiyoning janubi-sharqida past bosimli hududning paydo bo‘lishi, quruq jazirama issiq ob-havo bilan tavsiflanadi. Bu davrda Markaziy Osiyo tekislik hududlarida havo harorati 44–46 darajagacha, ba’zi hollarda 48 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin. Termik depressiyaning davomiyligi 2–3 sutkadan 5–7 sutkagacha, ba’zi yillarda esa 1,5–2 haftagacha davom etishi kutiladi”, deyilgan 5 iyun kungi institut tahlilida.
Olimlar fikricha, so‘nggi paytlarda termik depressiya kuzatilgan davrda mintaqa mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot tarmoqlari hamda energetik tizimda kuchli zo‘riqishlar kuzatilmoqda.
“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, 25–29 iyul kunlari O‘zbekiston bo‘ylab juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) havo harorati kunduz kunlari 40–43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44–45 darajagacha ko‘tariladi.
Iqlimshunos Erkin Abdulahatov bugundan (25 iyul kuni) boshlab jazirama issiqlikning birinchi bosqich ta’siriga o‘tilishi haqida yozdi.
“Toshkent, Samarqand viloyatlari va vodiy kabi aholi zich istiqomat qiluvchi hududlarda issiqlikning yuqori ta’siri 26–27 iyul kunlariga to‘g‘ri keladi. Joriy issiqlik to‘lqini termik depressiya jarayoni bo‘lib, u joylarda tunlarda ham haroratning yuqori bo‘lishi, inson hafsalasini pir qiluvchi “dim” hamda tungi uyquga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi iqlimiy muhitni taqdim etadi. Menimcha, barcha iqtisodiyot tarmoqlari, mas’ul tuzilmalar, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga issiqlik to‘lqinlarini tarmoqlarga ta’sirini kamaytirish, uning salbiy oqibatlarini oldini olishda zarur tavsiyalarini berib o‘tmog‘i darkor”, deb yozgan mutaxassis.
Skrinshot: “O‘zgidromet”
“O‘zgidromet” saytidagi so‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, 25 iyul kuni soat 14:00 holatiga eng issiq havo harorati Termiz shahrida kuzatilmoqda — 42,2 daraja. Shu bilan birga, Qarshi, Buxoro, Navoiy shaharlarida 40,2 daraja, Toshkent shahrida 39,1 daraja issiq bo‘lmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, ob-havoning keskin isib ketishi birinchi navbatda bolalar, qariyalar va bemorlarga og‘ir ta’sir qiladi. Hatto sog‘lom odamlar ham ba’zi qoidalarga rioya etishlariga to‘g‘ri keladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga jazirama issiqdan saqlanish qoidalarini eslatdi. Qayd etilishicha, soat 10:00 dan 17:00 gacha salqin joylarda bo‘lish, paxta matoli liboslar va bosh kiyim kiyish, quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqish maqsadga muvofiq.
Kuniga 3 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suyuqlik ichish zarur. Lekin gazlangan, energetik va alkogol ichimliklar, qahva iste’mol qilmaslik kerak. Yog‘li, dudlangan taomlar tanovul qilmaslik, aksincha ko‘proq meva-sabzavotlar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Och qoringa yoki ovqat yegandan so‘ng darhol quyosh ostida bo‘lmaslik tavsiya etiladi.
Kun davomida iliq dush qabul qilish, vaqti-vaqti bilan badanni sovuq suvda namlangan dastro‘mol bilan artib turish ham tanani haddan ziyod qizib ketishdan saqlaydi.
Hukumat qarorida issiq ob–havo maydan sentyabrgacha bo‘lgan davrda kamida besh kun davomida 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan harorat ko‘rsatkichi sifatida ta’riflangan. Hujjatda issiq ob–havo xavfli meteorologik hodisa ekani keltirilgan.
Anomal issiq ob–havo esa o‘ta xavfli meteorologik hodisa sifatida tasniflangan.
“Aprel oyidan sentyabr oyigacha bo‘lgan davrda besh va undan ko‘p kun davomida iqlimiy me’yordan 7 daraja va undan yuqori bo‘lgan o‘rtacha sutkalik havo harorati ko‘rsatkichlariga anomal issiq ob–havo deyiladi”, –deya qayd etilgan qarorda.
Avvalroq Erkin Abdulahatov hozir insoniyat 125 ming yillik tarixidagi eng issiq davrni boshdan o‘tkazayotganini aytgandi. Olim mavzuni tahlil qilib, O‘zbekistonda 2030 yilga borib havo harorati doimgidan 2–2,5 daraja, 2040 yillarda 4 daraja, 2080 yillarda 6 darajagacha ko‘tarilishi mumkinligini ta’kidlagan.
“Sanoat davrida yashayotganimiz, energiya ishlab chiqarayotganimiz tufayli atmosferaga haddan tashqari ko‘p gazlarni chiqaryapmiz. Iqlim o‘zgarishida inson omili asosiy rol o‘ynayapti. Dunyo mutaxassislarining 90 foizi hozirgi iqlim isishiga antropogen (inson ta’sirida) omil sabab sodir bo‘lyapti, degan fikrda”, — deya holatni tahlil qilgan mutaxassis.
Iqlimshunos iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun hududlarda yashillikni ko‘paytirish, suvdan to‘g‘ri foydalanish, ishlab chiqarish sohalari va qayta ishlash jarayonlarida me’yorga amal qilish muhimligi aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi