date

Soxta hojidan 205 mln so‘mlik dori topildi


Toshkent aeroportida Umra ziyoratidan qaytgan hojilar ko‘rinishida bo‘lgan shaxs 205 million so‘mlik dorilarni noqonuniy olib kirishga uringani aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Mazkur shaxs Dehlidan Toshkentga kelgan bo‘lib, u Umra ziyoratini ado etgan hajilar bojxona nazoratidan o‘tmaydi deb noto‘g‘ri hisoblagan. Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, erkak kishi aeroportdagi hojatxonada kiyimini almashtirib, o‘zini hojidek ko‘rsatishga urinib ko‘rgan.

Ammo bojxonachilar uning bagajini tekshirganida, 1700 dan ortiq qadoq dorilarni noqonuniy olib kirayotganini aniqlashgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soxta hojidan 205 mln so‘mlik dori topildi