date

MIB: Gaz ta’minoti korxonasiga 100 mln. so‘m qarzdorlik undirildi

MIB: Gaz ta’minoti korxonasiga 100 mln. so‘m qarzdorlik undirildi

Qarzdor korxonadan “Hududgazta’minot” korxonasi foydasiga qarzdorlikni undirish to‘g‘risida Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining qarori bo‘yicha ijro harakatlari Majburiy ijro byurosining Xovos tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan.

Ijro harakatlari davomida mazkur qarzdorlik ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaganligi bois, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorning mulklari xatlangan.

Natijada, qarzdor korxonadan 100 mln. so‘m qarzdorlik naqd pulda undirilib, “Hududgazta’minot” korxonasi hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi. Bu kabi undiruvlar davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Gaz ta’minoti korxonasiga 100 mln. so‘m qarzdorlik undirildi