date

Eron O'zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlamoqda

Eron O'zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlamoqda
The Jerusalem Post ma'lumotiga ko'ra, Tehron tashqi siyosiy faolligini kuchaytirmoqda va boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalarni kengaytirmoqda. Shu doirada O'zbekiston va Eron tog'-kon sanoatida hamkorlikni kengaytirish haqida kelishuvga erishdi.

Bu kelishuv Eron sanoat, konlar va savdo vaziri Muhammad Atobak boshchiligidagi delegatsiyaning O'zbekistonga tashrifi natijasida yuzaga keldi. Uchrashuv davomida tomonlar sohaga sarmoyalar kiritish imkoniyatlarini ham muhokama qilishdi.

Eron vakillarining Toshkentga tashrifi 9-noyabr kuni bo'lib o'tdi. Nashrga ko'ra, Tehron Isroil bilan munosabatlarning keskinlashuvi va AQSh bilan muzokaralarni qayta boshlash ehtimoli fonida diplomatiyaga e'tibor qaratmoqda.

Bundan tashqari, Eron va Rossiya elchilari Iroqdagi saylovlarni muhokama qilishgan, shuningdek, Eronning vazir o‘rinbosari BAA prezidentining maslahatchisi bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron O'zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlamoqda