
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe himoyachi Dayo Upamekano kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Avvalroq Mbappe "Real" klubidan Upamekanoni sotib olishni so‘ragani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Upamekanoning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi. "Men Upamekanoni o‘z tomonimga og‘dirishga harakat qilyapmanmi?
U hozir juda yaxshi formada, buyuk bir klubda o‘ynayapti. Deyarli undan yaxshisi yo‘q...
lekin yaxshiroq klublar ham bor," – deya hazil qildi Mbappe matbuot anjumanida. "Ammo men bu masalaga aralashmoqchi emasman – uning klubiga hurmatim tufayli va unga qo‘shimcha bosim o‘tkazmaslik uchun." "Agar bu mavsumning eng yaxshi himoyachilari haqida gap ketsa, Upamekano shubhasiz bu ro‘yxatda.
U yuqori pressingda, yakkama-yakka kurashlarda va hujumlarni boshlashda juda kuchli," – dedi Fransiya terma jamoasi sardori. Chorshanba kuni Fransiya terma jamoasi Ukraina bilan 2026 yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinida maydonga tushadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.