date

Toshkent metroci 2026 yilda 56 ta yangi vagon oladi

Toshkent metroci 2026 yilda 56 ta yangi vagon oladi

Toshkent metropoliteni faoliyatini yangilash va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2026 yilda 56 ta zamonaviy metro vagoni xarid qilinishi rejalashtirilgan. Bu haqda korxona matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, yangi vagonlar sotib olinishi orqali metropolitendagi mavjud harakat tarkiblari yangilanadi, shuningdek, bekatlar orasidagi poyezdlar intervali qisqartirilib, yo‘lovchi oqimi yanada barqarorlashtiriladi.

Metro rahbariyati ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan tig‘izliklar haqidagi shikoyatlarga munosabat bildirib, keyingi olti yil ichida poytaxtda katta ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi. Shu muddatda 33 kilometrdan ortiq yangi yo‘nalishlar va 21 ta bekat qurilib, foydalanishga topshirilgan.

Natijada, hozirgi kunda Toshkent metrosi bekatlari soni 50 taga yetdi, umumiy uzunligi esa 71 kilometrni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich shahar tarixidagi eng katta ko‘lamli infratuzilma yangilanishi hisoblanadi.

Agar 2021 yilda metro kuniga 280–300 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2024 yilda bu raqam 920–930 mingga yetdi. Hozirda esa metropoliten bir kunda 1 milliondan ortiq foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Yo‘lovchi sonining shiddat bilan o‘sishi sababli, so‘nggi uch yilda tig‘iz soatlarda — ya’ni 07:30 dan 09:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida — poyezdlar harakat intervali qisqartirildi. Bu chora tirbandliklarni kamaytirish va yo‘lovchilarning manzilga tezroq yetib borishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Metropoliten ma’muriyatining ta’kidlashicha, 2026-yilda olib kelinadigan yangi vagonlar nafaqat tezlik va qulaylikni oshiradi, balki zamonaviy xavfsizlik tizimlari va energiya tejamkor texnologiyalar bilan jihozlanadi. Bu, o‘z navbatida, poytaxt metrocini mintaqadagi eng ilg‘or transport tizimlaridan biriga aylantirishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent metroci 2026 yilda 56 ta yangi vagon oladi