Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq so‘zlamoqda.
Yangi davrda parlament chinakam xalq uyi, uning quyi palatasi esa g‘oyalar generatoriga, sog‘lom raqobat, bahs va munozaralar maydoniga aylanishi kerak. O‘tgan saylovlarda siyosiy partiyalarning dasturi ham, g‘oyalari ham bir-biridan farq qildi, turli siyosiy mafkuralar kurashi yaqqol ko‘zga tashlanib turdi. Xususan, saylovlar jarayonida ko‘plab debatlar tashkil etilganini aholi va xalqaro kuzatuvchilar alohida e’tirof etdi.
Prezident parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi. Buning uchun parlamentdagi muxolifatga kafolatlangan huquqlari sonini 3 tadan 6 taga oshirish, 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallash, har chorakda “hukumat soati” va parlament so‘rovi doirasida kamida bittadan masala kiritish kabi qo‘shimcha huquqlar berishni taklif qildi.
Saylovlardagi sog‘lom raqobat, muxolif fikrlar kurashi parlamentga ko‘chib o‘tsa, bu albatta xalq manfaatlariga mos qonunlar ishlab chiqilishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Parlament nazorati, avvalo, siyosiy nazoratdir, uning oqibati ham siyosiy mas’uliyat bilan bog‘liqdir. Prezident Qonunchilik palatasiga hukumat a’zosi hisobotini eshitib, uning yakunlariga ko‘ra, ushbu rahbarni iste’foga chiqarish to‘g‘risida prezidentga taklif kiritish huquqi berilganini eslatib o‘tdi.
Yangilangan konstitutsiyaga ko‘ra, davlat budjeti ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga kiradi. Bu muhim vakolat deputatlarimiz zimmasiga katta mas’uliyat ham yuklaydi.
Birinchi galda palataning davlat budjeti ijrosini nazorat qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirishning vaqti-soati kelgani ta’kidlandi. Jumladan, Hukumatning davlat budjetiga doir barcha hisobotlarini palataga faqat Budjet kodeksida belgilangan audit xulosasi bilan birgalikda kiritish amaliyotiga o‘tish kerak.
Bundan tashqari, davlat budjeti ijrosini nazorat qilishda parlament qo‘mitalari rolini oshirish ham muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlari ustidan parlament nazorati deyarli sezilmayotgani, yangi saylangan deputatlar ushbu masalaga alohida yondashishlari zarurligi qayd etildi.
Joylarda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda parlamentning faol ishtirok etishi muhim. Masalan, bu yil hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini qurish, mahallalarni obod qilish bo‘yicha investitsiya dasturlariga 30 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi.
Biroq ana shu dasturni qabul qilishda qaysi deputat qatnashdi, uning ijrosi bo‘yicha kimdan hisobot talab qildi, degan savollar ochiq qolmoqda. Shu munosabat bilan prezident investitsiya dasturlarini tayyorlashda deputatlar ham albatta ishtirok etadigan, ularning fikri inobatga olinadigan tizim yaratish tashabbusini ilgari surdi.
Bundan tashqari, tuman va shaharlarning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish maqsadida kelgusi yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini to‘liq, daromad solig‘ining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning o‘zida qoldirish taklif etildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi