date

Ichimlik suvi uchun qarzdorlik – suv oqimiga to‘siq bo‘lmasin

Ichimlik suvi uchun qarzdorlik – suv oqimiga to‘siq bo‘lmasin

Suv — hayot manbai. Undan uzluksiz foydalanish va xizmat ko‘rsatish tizimining barqaror ishlashi esa fuqarolarning o‘z vaqtida to‘lov amalga oshirishiga bevosita bog‘liq. Ammo, ayrim iste’molchilar to‘lovni kechiktirishi sababli qarzdorlik yuzaga kelmoqda.

Shu bois, Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ichimlik suvi ta’minoti korxonasi foydasiga qarzdorliklarni undirish bo‘yicha qat’iy ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda “Andijon suv ta’minoti” AJ foydasiga 3787 ta ijro hujjati bo‘yicha 6,6 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi.

Byuro xodimlari tomonidan qarzdorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, to‘lovni kechiktirish oqibatlari tushuntirilmoqda. Mahallalardagi profilaktik tadbirlar orqali ham fuqarolar suv ta’minoti tizimining uzluksizligini ta’minlash uchun o‘z burchini bajarishga chaqirilmoqda.

Joriy yilning noyabr oyi 10 kunligida 121 ta ijro hujjati bo‘yicha 304 million so‘m mablag‘ “Andijon suv ta’minoti” korxonasi foydasiga undirildi.

Bu yo‘nalishdagi ijro tadbirlari izchil davom etmoqda — chunki har bir to‘langan mablag‘ suv ta’minotining barqarorligi, har bir mas’uliyatli fuqaro esa toza suv oqimining kafolatidir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichimlik suvi uchun qarzdorlik – suv oqimiga to‘siq bo‘lmasin