date

Andijonda haydovchilar pochta talashib janjal chiqardi

Andijonda haydovchilar pochta talashib janjal chiqardi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi avtoshox bekatda haydovchilar yo‘lovchi talashib janjallashgani haqidagi video keng tarqaldi. Bu holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy izoh berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joriy yilning 5-noyabr kuni soat 15:35 larda Andijon shahrining O‘zbegim mahallasida, Amir Temur ko‘chasida joylashgan “Avtoshox bekat” hududida sodir bo‘lgan. Andijon–Qo‘qon yo‘nalishida faoliyat yurituvchi ikki haydovchi — Asaka tumanida istiqomat qiluvchi 33 yoshli A.X. va Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi 32 yoshli O.X. o‘zaro kelishmovchilik ortidan tortishuvga kirishgan.

Hodisa chog‘ida boshqa fuqarolarga zarar yetmagani ma’lum qilindi. Biroq janjal vaqtida vaziyat keskinlashgani sababli, hodisani ichki ishlar xodimlari nazoratga olgan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, fuqaro O.X.ning harakatlariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi uni 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa hukm qildi.

Hozirda vaziyat barqaror, avtoshox bekat faoliyati odatdagi tarzda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida bog‘ga hayvon kirishi ortidan yuz bergan tortishuv oqibatida 38 yoshli erkak tosh bilan urib o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda haydovchilar pochta talashib janjal chiqardi