
Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida jamoat orasida katta muhokamaga sabab bo‘lgan voqea ro‘y berdi — Majburiy ijro byurosi (MIB) xodimlari yana bir kelinning 59 turdagi sep buyumlarini qaytarib berdi.
Tuman ahli bu voqeani hali ham gapirib yuribdi: “Falonchi kelinning sepini ijrochilar kelib olib ketishdi”, — degan gaplar har bir xonadonda eshitilmoqda.
Hodisa esa shunday boshlangan: qizni va yigitni muhabbat bog‘lagan, ammo ular nikohsiz birgalikda yashay boshlagan. Bir necha oydan so‘ng munosabatlar izdan chiqib, tortishuv, janjal, hatto mushtlashuvgacha borgan. Qaynota aralashgach, ish yanada murakkablashgan.
Qizning yaqinlari uni uyiga olib ketishgan, keyin esa “sep” masalasi ko‘tarilgan. Qudalar o‘rtasida kelishuv bo‘lmagan:
— “To‘yga xarajat qilganmiz, shu sepni sotib, pulni qaytardik”, — degan yigit tomoni.
— “Bu mening haqim, sud hal qilsin”, — degan kelin tomoni.
Sud barcha dalillarni o‘rganib, kelinning sep buyumlarini qaytarish haqida qaror chiqargan. Ushbu qaror ijrosi uchun MIB Yozyovon tumani bo‘limiga yuborilgan.
Bir necha bor ogohlantirish berilganiga qaramay, yigit tomoni sepni qaytarishni rad etgan. Shundan so‘ng davlat ijrochilari ishga kirishgan va qonun ustuvorligi ta’minlangan — kelin o‘z haq-huquqini qo‘lga kiritgan.
Hodisa bir gapni yana bir bor isbotladi: sep — muhabbatning o‘lchovi emas, qonun oldida har kimning haqi teng.
Sep uchun kurash: kelin sud orqali o‘z haqini himoya qildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar