
Toshkent shahrida buzilgan uy-joylar, ishlab chiqarish binolari va boshqa inshootlar uchun fuqarolarga qariyb 182 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya to‘langan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil davomida Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari ish yurituviga 2,8 trillion so‘mlik 130 mingdan ortiq ijro hujjatlari kelib tushgan.
Shundan 75 mingdan ortiq ish yakunlanib, jami 538 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ undirib berilgan. Ayniqsa, buzilgan uy-joylar bo‘yicha 63 ta ish doirasida 181,8 milliard so‘m to‘lovlar amalga oshirilgan.
Shuningdek, 5 mingdan ortiq fuqaro manfaatida 247,7 milliard so‘m undirib berilgan. Undan 6,4 milliard so‘mi ish haqi qarzdorliklari, qolgan 241,3 milliard so‘mi esa yetkazilgan zarar uchun to‘lovlar sifatida to‘lab berilgan.
Hozirda MIB Toshkent shahri bo‘yicha fuqarolar foydasiga 55 mingdan ziyod ish (1,2 trillion so‘mlik), yuridik shaxslar foydasiga esa 147 mingta ish (4,8 trillion so‘mlik) ijro hujjatlari ustida ish olib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!