
Oila — jamiyatning poydevori, mehr va muhabbat maskani. Biroq ba’zan arzimas nizolar, o‘zaro tushunmovchiliklar tufayli bu muqaddas qo‘rg‘on darz ketadi...
Majburiy ijro byurosi xodimlari faqat aliment qarzdorliklarini undirish bilan cheklanib qolmay, oilalarni saqlab qolishga, bolalar baxti uchun ham harakat qilishadi.
Baxmal tumanida bir farzandi uchun 20 million so‘m aliment qarzi bor otaga nisbatan chora ko‘rilayotgan paytda, byuro xodimlari va mahalla faollari tomonlarga to‘g‘ri huquqiy va ma’naviy tushuntirishlar berdi.
Natijada, ota qarzini to‘ladi, ayol esa kechirdi. Oila yarashtirildi, bola esa yana ota-onasining mehrini his eta boshladi.
Bu – adolat bilan birga, mehr g‘alabasi!
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar