Kamina bilgan barcha odamlar orasida Tomas Edison meni hammadan koʻproq qiziqtirgan. U, shubhasiz, fan sohasida mislsiz muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritdi. Vaholanki, Edisonning etarli darajada ta'lim olmagan edi.
Edison men bilgan odamlar orasida eng vazmin kishi ham edi. Hech qachon hech narsa uning achchigʻini chiqara olmagan. Edison qoʻrquv nimaligini aslo bilmagan. U hech qachon hech kim va hech narsa toʻgʻrisida zarracha afsuslanmas edi. Oʻzini buyuk odam deb hisoblamas, koʻngli halimlik bilan toʻlib-toshgan va shuning oʻziyoq bu insonga buyuklik baxsh etib turardi.
Bir kuni Edison bilan muvaffaqiyatsizliklar toʻgʻrisida uzoq gaplashdik va u choʻgʻlanma lampalariga kengroq toʻxtaldi. Aniqrogʻi, omadsiz tajribalari haqida batafsil gapirib berdi.
─ Uning sirini echa olmaganingizda nima qlgan boʻlardingiz? ─ deb soʻradim men.
Edison koʻzlarida quvonch uchqunlarini sachratib javob berdi:
─ Hozir siz bilan gaplashishga vaqtimni oʻtkazib oʻtirgandan koʻra, laboratoriyamda ishlagan boʻlardim.
Bu olim omadsizlik degan tushunchani mutlaqo bilmagan.
Men oʻrta yoshli kishi umidsizlikka tushishi va barchasiga qoʻl siltab ketishi uchun nechta muvaffaqiyatsizlikka chidashi mumkinligini bilmoqchi boʻldim. Insonning muvaffaqiyatsizlik va magʻlubiyat qarshisida qanchalik matonat bilan turishini aniqlash maqsadida maxsus tadqiqotlar oʻtkazdim.
Koʻpchilik odamlar ilk muvaffaqiyatsizlikka uchragach, boshqa urinib oʻtirmay, ishdan voz kechgan boʻlib chiqdi. Juda kamdan-kam kishi ikkinchi marta uringan. Ammo aksariyat odamlar muvaffaqiyatsizlikni kutib, hali omadsizlik ularni qamrab olmasdan turib, ortga chekinganlar. Ammo bu guruhga Genri Ford ham, Tomas Edison ham mansub emasligini aytib oʻtirish ortiqcha boʻlsa kerak.
Men inson oʻzi sohasida muvaffaqiyatga erishishining ikkita omilini ta'kidlab oʻtmoqchiman. Omadli odamlar maqsadga roʻyobga chiqarishga kirishar ekan, vaqtdan foydalanish toʻgʻrisida gapiradilar. Omadsizlar esa nuqul oʻzlarining oʻtmishdagi magʻlubiyatlari hamda tushkunlik, umidsizliklari xususida hikoya qiladilar.
Yana bir muhim omil borki, uni alohida qayd etish zarur. Muvaffaqiyat qozongan kishilar xuddi oʻzlari kabi muvaffaqiyatga erishgan kishilarni maqtab tilga oladilar. Koʻrolmaslik va qasos olishga urinish ─ koʻngilni aynitadigan soʻzlar, xolos. Yanada yomoni, bunday tuygʻularga beriladigan inson fe'l-atvori tufayli hasad qilaveradi. Agar siz tafakkur eshiklaringiz bu kabi hissiyotlarga butunlay berk boʻlishini, qalbingizda xotirjamlik, aqlingizga tinchlik hukm surishini istasangiz, koʻngilni keng qilishingiz lozim.
Sizni bezovta qiluvchi qoʻrquv, qahr-gʻazab, ogʻriq, koʻrolmaslik, ochkoʻzlik va hammasiga ega boʻlish kabi barcha illatlar oldida eshikni mahkam berkitishingiz kerak. Agar eplay olmasangiz, xotirjamlikdan mahrum boʻlasiz.
Bordi-yu sizni kimdir ranjitgan boʻlsa, botiningizda kuch-quvvat va buyuklik, iste'dod nishonalari borligini bilish imkoniyatiga ega boʻlasiz. Kechiring va ranj-alamni unuting. Aks holda, siz aziyat bergan odamdan qasos olish imkoniyatiga ega boʻlsaiz. Bordi-yu ikkinchi yoʻlni tanlasangiz, eng muvaffaqiyatsiz yondashuvingiz shu boʻladi, ishonavering! Chunki muvaffaqiyat hech qachon qasoskor odamlarga yaqin kelmaydi. Intiqom xuddi bumerangga oʻxshaydi: uni kim vujudga keltirgan boʻlsa, aynan oʻziga qaytib keladi.
Qahr-gʻazab yoki ranj-alamingizni yopiq eshiklar ortiga uloqtiring. Yodingizda boʻlsin: agar buni paysalga solsangiz, amalga oshirishni istamasangiz, hech kim sizning hissiy tuygʻularingiz bilan qasos yoki ranj-alam qoʻllay olmaydi.
Sizning aqlingiz holati ─ bu shunday narsaki, uni toʻla-toʻkis nazoart qilishingiz mumkin. Siz qachonki eshikni yopish borasidagi gʻoyani oʻzlashtirsangiz, istalgan maqsadni koʻlga kiritish uchun oʻz aqlingizni qanchalik moslashingiz mumkinligini anglab, hayratga tushasiz. Qahr-gʻazab qoʻzgʻovchi, shunga qodir boʻlgan odamlarning xatti-harakati hamda hayotiy vaziyatlarni nazoratga olib boʻlmaydi. Ammo siz bu xatti-harakat hamda vaziyatlarga nisbatan munosabatingizni nazorat qila olasiz.
Sizning tafakkuringiz, bu ─ shaxsiy mulkingiz. Siz uning hayotdagi har qanday vaziyatiga nisbatan munosabati ustidan nazorat oʻrnata olasiz. Shunday ekan, oʻz aqlingiz eshiklarini yopishni oʻrganing, undagi salbiy munosabatlarni esa qalbingiz xotirjamlik, farovonlik istashini aytib, uloqtirib tashlang.
(Napoleon Xill qitobidan)
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkent viloyatida Mazda avtomashinasi yonib ketdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi voqea tafsilotlari
Toshkent avtobuslarida endi naqd pul olinmaydi. Shu bilan muammolar tugadimi?
Xalq artisti Jenisbek Piyazovga qisqa vaqtda belgilangan 4 ta jarima haqida (video)
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi