Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning ta’kidlashicha, Ukrainaga “Tomahawk” raketalarining ehtimoliy yetkazib berilishi barcha taraflar uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Unga ko‘ra, bu holat, avvalo, AQSH prezidenti Donald Trampning o‘ziga ham yomon tugaydi.
Medvedev Trampning so‘zlarini esga oldi — u Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina mojarosini hal etmasa, bu uning uchun yomon oqibatlarga olib kelishi haqida tahdid qilgan edi.
“Agar tinchlik haqida gapirayotgan “biznesmen” “Tomagavklar”ni nazarda tutgan bo‘lsa, bu noto‘g‘ri yondashuv. Bu raketalarni yetkazib berish hamma uchun yomon yakunlanadi. Va, birinchi navbatda, Trampning o‘zi uchun”, — deb yozdi Medvedev o‘zining Telegram-kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Tramp avvalroq mojaro hal etilmasa, AQSH Ukrainaga “Tomahawk” raketalarini taqdim etishi mumkinligini bildirgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!