date

O‘zbekistonda uch xil mahsulot sifatsiz deb topilib,sotish taqiqlandi

O‘zbekistonda uch xil mahsulot sifatsiz deb topilib,sotish taqiqlandi
Nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tekshiruvlarda bozorda sifatsiz mahsulotlar aniqlandi, deb Nazorat inspeksiyasi ma’lum qildi.Xaridlar davomida turli hududlarda texnik talablarga javob bermaydigan 3 turdagi mahsulot aniqlandi va ularni sotish taqiqlandi.Savdodan chiqarish va iste’molchilar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rildi.

Andijon shahridagi tekshiruvda Xitoyda ishlab chiqarilgan, “P.I.T” brendiga mansub PMI180-C1 rusumdagi invertorli payvandlash apparati standart talablarga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi.Ushbu apparat elektromagnit moslik bo‘yicha reglamentga zid bo‘lib, metall qizib ketishi, past sifatli payvandlash va uskunaning tez ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.Bundan tashqari, apparat foydalanuvchi uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Sirdaryo viloyatidagi “TMT” MCHJ do‘konida “Nikura” brendli elektr choynak ham talablarga javob bermasligi bilan aniqlandi.
Mutaxassislar bu mahsulot inson hayoti va mol-mulki uchun xavf solishi mumkinligini qayd etishdi.
Choynak sinovdan o‘tkazilib, savdodan olib tashlandi.

Xorazm viloyatidagi Urganch shahrida esa “Extrus” brendidagi barashkali kraynik standartlarga mos emasligi ma’lum qilindi.
Uning suv bosimiga bardosh bermasligi xonadonlarda suv toshqini va iqtisodiy zararga olib kelishi mumkin.
Nazorat organlari iste’molchilarni ehtiyotkorlikka chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda uch xil mahsulot sifatsiz deb topilib,sotish taqiqlandi