Buxoro va Navoiyda noqonuniy oltin qazuvchilar qo‘lga olindi

1 daqiqa o'qish30.6K
Buxoro va Navoiyda noqonuniy oltin qazuvchilar qo‘lga olindi

Buxoro va Navoiyda noqonuniy oltin qazuvchilar qo‘lga olindi, deb Uznews xabar berdi.

"Kontexnazorat" inspeksiyasi tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlarida joylashgan bir qancha obyektlarda tekshiruv o‘tkazildi. Tadbirlar chog‘ida "Oltin Kon" MChJga tegishli Shofirkon tumanidagi "Quljuqtov" va Kanimeh tumanidagi "Tovshan" tog‘ massivi hududlarida fuqarolar tomonidan noqonuniy oltin qazib olish holatlari aniqlandi.

Materiallar Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ga topshirildi. Shundan so‘ng DXX va viloyat IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Natijada "Quljuqtov" hududida noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan 37 nafar shaxs ushlanib, jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Tadbir davomida 3 ta Ford avtomobili, 8 ta perforator, 6 ta kompressor, taxminan 400 qop oltinli ruda va turli xil qo‘lbola asbob-uskunalar musodara qilindi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat va jamiyatga yetkazilgan zarar 20 milliard so‘mdan oshgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?