date

Angrenda giyohvandlik vositasini tarqatishga uringan giyohvandlar qo‘lga tushdi

Angrenda giyohvandlik vositasini tarqatishga uringan giyohvandlar qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatining Angren shahrida Davlat xavfsizlik xizmati va shahar IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi sintetik giyohvandlik vositasi tarqatishga uringan ikki shaxs qo‘lga olindi.

Ularning biri — 2000-yilda tug‘ilgan, ilgari ham giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgan shaxs bo‘lib, u o‘zining jinoiy sherigidan 971 gramm “Katinon” sintetik moddani olib, uni bo‘lib-bo‘lib sotish vaqti rejalashtirilgan paytda ushlangan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.

Qonunga ko‘ra, bu kabi og‘ir jinoyat uchun gumondorlar 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Angrenda giyohvandlik vositasini tarqatishga uringan giyohvandlar qo‘lga tushdi