date

Olmaliqda o‘quvchilar peshonasiga “2” yozgan o‘qituvchi jazoga tortildi

Olmaliqda o‘quvchilar peshonasiga “2” yozgan o‘qituvchi jazoga tortildi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan 7-maktabda sodir bo‘lgan holat jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi. Joriy yilning 21-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda ingliz tili o‘qituvchisi 3-sinf o‘quvchilarining peshonasi va yuziga “ikki” baho qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. Bu holat keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum qilishicha, vaziyat bo‘yicha tezda ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari boshlangan. Tekshiruvlar natijasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar to‘liq tasdiqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchi darsga tayyorlanmagan o‘quvchilarni jazolash maqsadida ularning peshonasiga “2” bahosini yozib chiqqan.

Boshqarma bayonotida qayd etilishicha, o‘qituvchi bu xatti-harakati uchun chin dildan afsus bildirgan va qilgan ishidan pushaymonligini aytgan. Uning yoshi va tajribasizligi hisobga olingan holda unga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. Shu bilan birga, unga pedagogik etika qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkazilgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu kabi holatlar ta’lim jarayonida yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xatolardan hisoblanadi. O‘qituvchilarning asosiy vazifasi bolalarni ruhan qo‘llab-quvvatlash, emas, ularni jamoa oldida sharmanda qilish ekanligi eslatib o‘tildi.

Shuningdek, viloyat ta’lim boshqarmasi barcha maktablarga o‘quvchi shaxsini xurmat qilish va pedagogik axloq qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 62-maktab rahbari 1-sinf o‘quvchilari oldida maktabning ayol pedagoglarini haqorat qilgani uchun lavozimidan ozod etilgandi. Bu holat ham jamoatchilik tomonidan keskin tanqid qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olmaliqda o‘quvchilar peshonasiga “2” yozgan o‘qituvchi jazoga tortildi