Toshkentda 17 yoshli yigit akasining mashinasini olib sinfdoshini urib yubordi

1 daqiqa o'qish1.4K
Toshkentda 17 yoshli yigit akasining mashinasini olib sinfdoshini urib yubordi

Toshkentda 17 yoshli maktab o‘quvchisining mas’uliyatsiz harakati fojia bilan tugadi. U akasining Tracker avtomobilini ruxsatsiz haydab chiqib, yo‘l-transport hodisasiga sababchi bo‘ldi. Voqea natijasida uning sinfdoshi halok bo‘ldi, deb xabar berdi “Milliy” telekanali.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia 2025 yil 25 mart kuni, Ramazon hayiti paytida sodir bo‘lgan. Yosh yigit tun yarimida do‘stlarining chaqiruviga javoban akasining kalitini yashirincha olgan va mashinaga o‘tirgan. U Tracker avtomashinasini soatiga 137 kilometr tezlikda haydayotgani paytida boshqaruvni yo‘qotgan.

Avtomobil avval ikki mashinaga, keyin esa yo‘l chetidagi ustunga borib urilgan. To‘qnashuv shiddati shunday kuchli bo‘lganki, salondagi yo‘lovchi — uning sinfdoshi — salondan uchib ketgan va voqea joyida halok bo‘lgan.

Sud jarayonida ayblanuvchi yosh yigit o‘z qilmishidan qattiq afsusda ekanini bildirgan:
“Ramazon hayiti kuni do‘stlarim chaqirishdi, ko‘ngil ochmoqchi edik. Mashinalarga qiziqardim, akamning avtomobil kalitini oldim. Endi qilgan ishim uchun javobgarligimni his qilyapman. Bu xatoni hech narsa bilan tuzatib bo‘lmaydi”, — degan u sudda.

Sud uni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha (transport harakati qoidalarini buzish natijasida inson o‘limiga sabab bo‘lish) aybdor deb topdi. Ilk hukmga ko‘ra, u to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etilishi kerak edi. Ammo yoshini va qilmishidan chin dildan afsuslanganini inobatga olgan sud hay’ati jazoni yengillatdi — unga uch yillik shartli ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Mazkur voqea yana bir bor yoshlar orasida tezlik va mas’uliyatsizlikning qay darajada xavfli ekanini ko‘rsatdi. Mutaxassislar ta’kidlamoqda — haydovchilik huquqisiz mashina haydash nafaqat qonunbuzarlik, balki inson hayotini xavf ostiga qo‘yadigan og‘ir jinoyatdir.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?