date

“Manchester City”da o‘ng qanot uchun haqiqiy kurash boshlandi

“Manchester City”da o‘ng qanot uchun haqiqiy kurash boshlandi

“Manchester City” jamoasida bosh murabbiy Xosep Gvardiola orzu qilib kutgan holat amalga oshdi — maydondagi har bir pozitsiya uchun futbolchilar o‘rtasida jonli raqobat boshlandi, deb yozdi esteemedkompany.com.

Ayniqsa, jamoaning eng nozik nuqtasi hisoblangan o‘ng qanot himoyasi atrofida jiddiy savollar paydo bo‘lgan. Bu pozitsiyada avval Joau Kanselu faoliyat yuritgan, ammo yanvarda Kayl Uokerning jamoadan ketishi bilan “Siti” uchun bu chiziq haqiqiy bosh og‘rig‘iga aylangan.

Hozirda ushbu pozitsiya uchun uch nomzod bor — Abduqodir Husanov, Mateush Nunyes va Riko Lyuis. Angliya matbuoti va futbol tahlilchilari Gvardiola jamoasining tarkibini tahlil qilib, o‘ng qanot himoyasidagi vaziyatga oydinlik kiritdi. Ular fikricha, bu pozitsiyada asosiy da’vogar sifatida aynan Abduqodir Husanov ko‘rilayotgani bejiz emas.

Biroq, yosh o‘zbek himoyachisi “Arsenal”ga qarshi “Emireyts”da bo‘lib o‘tgan bahsda jarohat olgan edi. Oyoğidagi shikast sababli o‘yinning ikkinchi qismida uning o‘rnini portugaliyalik Mateush Nunyes egalladi. Har ikki klub 1:1 hisobidagi durangga rozi bo‘lgan o‘sha bahsda Nunyes o‘z vazifalarini a’lo darajada bajardi.

Keyingi ikki o‘yin — “Byornli” va “Brentford”ga qarshi bahslarda ham u o‘ng qanotda harakat qilib, himoyada ishonchli, hujumda faol bo‘ldi. Hatto “Brentford” darvozasiga gol ham urdi.

Shu bilan birga, Nunyes hali barqaror o‘yin ko‘rsata olmayotgani ta’kidlanmoqda. Uning asosiy muammosi — muhim pallalarda konsentratsiyani yo‘qotib, xato qilishidir. Bu jihat uning “Siti”dagi kelajagiga ta’sir etishi mumkin. Ammo agar u so‘nggi ikki bahsdagidek ishonchni saqlab qolsa, Gvardiola uchun muhim rotatsiya futbolchisiga aylanishi mumkin.

Ekspert Adam Marrett fikricha, asosiy o‘ng qanot himoyachisi sifatida Abduqodir Husanovga ishonch katta. Asli markaziy himoyachi bo‘lgan Husanov Gvardiola tizimida universal o‘yinchi sifatida o‘z o‘rnini topa oldi. Nunyes esa unga dam berish yoki taktik vaziyat talab qilganda maydonga tushadigan zahira o‘yinchi sifatida ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, Husanovning jarohati tufayli tiklanish muddati uzaygani ma’lum qilindi. Ilk rejaga ko‘ra, u 5 oktabrgacha safga qaytishi kutilgan edi, ammo reabilitatsiya jarayoni uzoqroq davom etmoqda.

Shu sababli, himoyachimiz O‘zbekiston milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro boshchiligidagi yig‘inda ishtirok eta olmadi.

Abduqodir Husanovning FIFA tanaffusi yakunlanganidan keyin, ya’ni 18 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Angliya Premer-ligasi turida “Everton”ga qarshi bahs oldidan jamoa safida qaytishi kutilmoqda.

Gvardiola uchun esa bu raqobat foydali — chunki u har bir pozitsiyada ikki-uch ishonchli nomzodga ega bo‘lishni doimo afzal ko‘radi. Shunday ekan, “Siti”da o‘ng qanot himoyasi uchun kurash hali davom etadi va ehtimol, aynan Husanov uning yangi asosiy ustuniga aylanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester City”da o‘ng qanot uchun haqiqiy kurash boshlandi