Buyuk Britaniya mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan 2020 yilgacha mo‘ljallangan elektron hukumatning amalda qo‘llanilayotganini ijobiy baholadi.
“The Financial Times” gazetasida “O‘zbekiston: elektron hukumat vakillik demokratiyasi va davlat shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi” mavzusida maqola chop etildi. Bu haqda “Qalampir” sayti xabar bermoqda.
Bu borada ayni vaqtda 290 dan ortiq zamonaviy va talablarga mos xizmat turlarini taqdim etayotgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyati ijobiy natijalarga erishayotgani qayd etildi. 2016 yil boshidan beri murojaatlar soni qariyb ikki barobargacha oshib, deyarli 800 mingtani tashkil etdi.
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi ishga tushirilishi orqali tadbirkorlar va ishbilarmonlar, fuqarolarning davlat qarorlari ishlab chiqilishida ishtirok etishi ta’minlanmoqda.
Ochiq ma’lumotlar Milliy portali ishga tushirilishi bilanoq 630 ming martadan ko‘p foydalanilgan. Bu esa yangi biznes loyihalarining rivojiga xizmat qiladi. Portal 109 ta tashkilot tomonidan taqdim etilgan 1750 ta ochiq ma’lumotlar to‘plamini o‘z ichiga olgan.
Gazetadagi maqolada keltirilishicha, soliq va statistik hisobotlar, deklarasiyalarni topshirish, tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga olish, “Elektron viza” kabi onlayn xizmat turlariga talab kuchli. Bundan tashqari, davlat xaridlari bo‘yicha elektron savdolar yagona tizimi, “yagona darcha” markazi orqali tadbirkorlarning xo‘jalik sudlariga murojaatlarining elektron tizimi ham yaxshi samara beryapti.
Gazetaning ma’lum qilishicha, bugungi kunda mamlakatimizda aholi soni 32 million kishini tashkil qiladi. Ular orasida aholining 60 foizni tashkil etuvchi yoshlar uyali aloqa vositalaridan foydalanadi. 13 milliondan ortiq kishi internetdan foydalanish imkoniyatiga ega. Natijaga ko‘ra, O‘zbekiston elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha BMTning 2016 yilni reytingida yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa mamlakatimiz elektron hukumat qo‘llaniluvchi davlatlar orasida 80-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, hukumatning tadbirkorlar va fuqarolar bilash bevosita ishlashini ta’minlayotgan elektron ishtirok indeksiga ko‘ra 47-pog‘onani egallagan.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston MDH davlatlari orasida 3-o‘rinda, Markaziy Osiyo bo‘yicha esa 1-o‘rinda turibdi.
2016 yil 25 sentyabrda ishga tushgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi faoliyati aholi va davlat organlari o‘rtasidagi munosabailarni yanada mukammallashtirgani qayd etildi. Virtual qabulxonaga murojaat etayotgan fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari talab etilmasligi faoliyatni yanada yengillashtiradi. Imkoniyati cheklangan kishilar telefon orqali virtual qabulxonaga murojaat etishlari mumkin.
Shuningdek maqolada elektron hukumat O‘zbekiston kelajagi uchun xizmat qiluvchi o‘ziga xos omil bo‘lishi ta’kidlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari