Yevropa futbolining asosiy boshqaruv organi sanalgan UEFA klublarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxat klublarning so‘nggi mavsumlardagi xalqaro musobaqalardagi natijalariga asoslangan.
Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, Madridning mashhur “Real” klubi reytingda birinchi o‘rinni qayd etdi. Ispaniya grandi so‘nggi mavsumlarda muntazam yuqori natijalar ko‘rsatib, Yevropa maydonlarida yetakchi sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda.
Kuchli uchlikka, shuningdek, Germaniyaning amaldagi chempioni “Bavariya” va CHLning amaldagi finalchisi Italiyaning “Inter” klublari kirdi. Bu klublar ham YECHL va Yevropa Ligasidagi muvaffaqiyatli o‘yinlari bilan yuqori bahoga sazovor bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar