Sog‘lom va jilo beruvchi sochga ega bo‘lish uchun faqat shampun va balzamlar yetarli emas. Soch ildizi va bosh teri yetarli miqdorda vitaminlar bilan ta’minlanishi shart.
A vitamini bosh teridagi yog‘ bezlari ishini me’yorlashtirib, soch tolalarini namlaydi. Sabzi, qovoq, ismaloq va tuxum sarig‘i bu vitaminga boy.
B guruhi vitaminlari (ayniqsa B7 va B12) soch ildizlarini mustahkamlaydi, to‘kilishiga to‘sqinlik qiladi. Don mahsulotlari, go‘sht va sutdan olinadi.
C vitamini kollagen ishlab chiqarishda ishtirok etib, sochni mustahkam qiladi. Sitrus mevalar, kulupnay va ismaloq manba hisoblanadi.
D vitamini yangi soch follikulalari rivojlanishiga yordam beradi. Asosiy manbalari — quyosh nuri, yog‘li baliq va tuxum.
E vitamini bosh terida qon aylanishini yaxshilaydi. Yongoq, o‘simlik yog‘lari va yashil sabzavotlar asosiy manbalaridir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!