Urgutda yuk mashinalari ishtirokidagi "avariya" muhokamalarga sabab bo‘ldi

1 daqiqa o'qish4.2K
Urgutda yuk mashinalari ishtirokidagi "avariya" muhokamalarga sabab bo‘ldi

12 avgust kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida yirik yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, “Mergancha” mahallasi hududida MAZ va MAN rusumli yuk mashinalari to‘qnashgan va har ikki transport vositasi ag‘darilib ketgan.

Tezkor ma’lumotlarga qaraganda, voqea soat 10:20 atrofida sodir bo‘lgan. MAZ haydovchisi ichki yo‘ldan “Kamangaron – Mergancha” yo‘nalishida harakatlanayotgan paytda oldinda kelayotgan MAN rusumli yuk mashinasining orqa qismiga kelib urilgan. Ayni paytda tergovchilar dastlabki versiya sifatida yuk mashinalaridan birining tormozi ishlamay qolganini bildirishmoqda.

Avariya oqibatida haydovchilardan biri shifoxonaga olib ketilgan, biroq rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jiddiy tan jarohati olmagan. YHXB hodisa yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.

Mahalliy fuqarolar aytishicha, to‘qnashuv joyi yo‘l harakati zich bo‘ladigan hudud hisoblanadi va bunday vaziyatlar ehtiyotsizlik hamda texnik nosozliklardan kelib chiqishi mumkin. Mutasaddilar esa yuk mashina haydovchilarini tezlikka rioya qilish, transport vositalari texnik holatini doimiy tekshirib turish va uzoq yo‘l oldidan maxsus profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish zarurligi haqida yana bir bor ogohlantirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?