Xitoyda ajrashgan juftlik tovuqlarni bo‘lishish uchun g‘aroyib yo‘l tanladi

1 daqiqa o'qish2.6K
Xitoyda ajrashgan juftlik tovuqlarni bo‘lishish uchun g‘aroyib yo‘l tanladi

Xitoyning Sichuan viloyatida yashovchi va fermerlik bilan kun kechiruvchi bir juftlikning ajrashish jarayonida sodir bo‘lgan voqea mahalliy aholi va ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular bir necha yil davomida qishloqda yashab, chorvachilik bilan shug‘ullangan va uy xo‘jaligida 29 bosh tovuq, 22 bosh g‘oz hamda ikki bosh o‘rdak boqqan. Oiladagi munosabatlar buzilib, rasmiy tarzda ajrashishga qaror qilinganda, ular barcha mol-mulkni, hatto parrandalarni ham mutlaqo teng taqsimlashni istashgan.

Sud jarayonida sudya ikki yo‘lni taklif qilgan:
Birinchisi — ortiqcha bo‘lgan bir bosh tovuqni kimdir sotib olib, boshqa tomonga pul berish orqali masalani hal qilish.
Ikkinchisi — tovuqni so‘yib, birgalikda iste’mol qilish.

Juftlik o‘ylab ko‘rgach, ikkinchi taklifni ma’qul ko‘rgan va shu yerning o‘zida ortiqcha tovuq so‘yilib, teng taqsimlangan holda dasturxonga tortiladi.

Mahalliy matbuot va South China Morning Post nashri yozishicha, bu voqea fermerlar hayotidagi oddiy turmush hikoyasidan ko‘ra ancha ko‘proq ma’noga ega — u ba’zi hollarda odamlar o‘z haq-huquqlarini hatto mayda-chuyda masalalarda ham qat’iylik bilan himoya qilishini ko‘rsatib beradi.

Tomoshabinlar va o‘quvchilar bu voqeani turlicha baholashdi: ayrimlar uni kulgili deb qabul qilsa, boshqalar ajrashishdagi mol-mulk taqsimotiga bo‘lgan jiddiy yondashuvni qadrladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?