date

Rossiya tomonidan urushda ishtirok etgan o‘zbekka sud hukmi o‘qildi

Rossiya tomonidan urushda ishtirok etgan o‘zbekka sud hukmi o‘qildi

O‘zbekistonda Rossiya tomonida Ukraina urushida qatnashgan yollanma jangchiga nisbatan sud hukmi chiqarildi. U avval Rossiyada giyohvandlik ishi bo‘yicha 10 yilga qamalgan, keyin esa koloniyada urushga jalb qilingan.

Sud hujjatlariga ko‘ra, 25 yoshli M.K. 2021 yilda ish izlab Rossiyaga yo‘l olgan. 2022 yil fevralda qarindoshi unga yengil ish va yuqori maosh taklif qilgan. Shu bois ular Moskvadan Tulaga yo‘l olishgan.

Yo‘lda politsiya hujjat va shaxsiy tintuv o‘tkazgan. Qarindoshidan geroin topilgan. M.K.ning aytishicha, undan hech narsa chiqmagan bo‘lsa-da, uni ham aybdor deb topishgan va 10 yilga ozodlikdan mahrum etishgan.

Koloniyada unga muntazam ravishda urushda qatnashish taklif qilingan. 1,8 million rubl va Rossiya fuqaroligi va’da qilingan. 2024 yil oktyabrda u Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan.

2025 yil yanvarda Donetsk viloyatidagi Toretsk shahri yaqinida granata parchasidan jarohat olgan. Donetsk gospitaliga olib borilgan.

Bir necha kundan keyin boshqa shifoxonaga olib ketilayotganda qochgan. Moskvaga yetib, O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilgan.

Vataniga qaytgach, M.K. ixtiyoriy ravishda ichki ishlar organlariga borib, urushda qatnashganini aytgan.

Kattaqo‘rg‘on tuman sudi uni O‘zbekiston JK 154-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topib, 4 yil ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya tomonidan urushda ishtirok etgan o‘zbekka sud hukmi o‘qildi