date

Repressiya qurbonlarini yodga olish kuchaytiriladi


O‘zbekiston hukumati 2025-2026-yillarda repressiya qurbonlarining hayoti va faoliyatini targ‘ib qilishga qaratilgan dastur tasdiqladi. Ushbu dasturga ko‘ra, har yili oktyabr oyining birinchi haftasida mamlakatda siyosiy repressiya qurbonlarini yodga olish haftaligi o‘tkaziladi.

Shuningdek, har yili oktyabr oyida repressiya qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiyalar tashkil etiladi va ushbu tadbirlarga respublika miqyosida ahamiyat beriladi. Repressiya qurbonlari tug‘ilgan joylarda maktab o‘quvchilari va talabalar ishtirokida "Vatan va millat qahramonlari unutilmaydi" mavzusida uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Toshkentdagi Repressiya qurbonlari xotirasi davlat muzeyining faoliyatini yanada takomillashtirish ham ko‘zda tutilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Repressiya qurbonlarini yodga olish kuchaytiriladi