
2025 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonni 28,6 ming nafar amerikalik tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,4 foizga ko‘proqni tashkil etadi, deya ma'lum qildi Milliy statistika qo‘mitasi.
Kelgan amerikaliklarning asosiy qismi, ya'ni 23,6 ming kishi turist sifatida tashrif buyurgan. 2,4 ming nafar fuqaro xizmat yuzasidan, 2,1 ming nafari esa qarindoshlarini ko‘rish maqsadida kelgan.
Eslatib o‘tamiz, kelgusi yil boshidan boshlab AQSh fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi. Ushbu qaror ikki davlat o‘rtasidagi savdo, madaniyat va turizmni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar