
«Inter» yarim himoyachisi Genrix Mhitaryan Chempionlar ligasi finalidan keyingi davrni jamoa qanday o‘tkazgani haqida gapirdi. O‘tgan mavsum sovrin uchun bahsda «neradzurrilar» «PSJ»ga 0:5 hisobida yutqazgandi.
— Chempionlar ligasi finalidan keyingi davrni qanday o‘tkazdingiz? — Biz bosib o‘tgan yo‘lni unutib bo‘lmaydi.
Mavsum nihoyatda uzun bo‘ldi: klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini ham hisobga olsak, 63 ta o‘yin o‘tkazdik. Kristian Kivu jamoani murakkab pallada qabul qilib oldi, ammo u bizga ishonch va energiya berdi: «PSJ»ga qarshi o‘yinni ortda qoldirib, oldinga qarashimizga yordam berdi.
Futbolda ruhiy ko‘tarilishlar va tushkunliklarni boshdan kechirish odatiy hol. Chempionlar ligasi finalidagi mag‘lubiyatdan keyin ko‘nglimiz qolgan edi, biroq asta-sekin shuni angladik: agar o‘zimizga kelmasak, kelajakda kurasha olmaymiz», — dedi Mhitaryan Cronache Di Spogliatoio nashriga bergan intervyusida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.