
«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski klubning shov-shuvga sabab bo‘lgan iltimosi haqida fikr bildirdi. «Ko‘k-anorranglilar» rahbariyati 2022/23 yilgi mavsum yakunida, jamoa La Ligadagi chempionlikni muddatidan oldin kafolatlab qo‘ygan paytda, undan gol urmaslikni so‘ragan.
Gap shundaki, polshalik futbolchi 25 ta gol chegarasidan o‘tsa, «Barsa» «Bavariya»ga bonus to‘lashi kerak bo‘lardi. Hujumchi bu iltimosga quloq tutib, 23 ta gol bilan to‘xtagan.
«Men gapirishni istamaydigan narsalar bor. Men «Barselona»ni va uning barcha xodimlarini hurmat qilaman.
Vaziyatdan xabardor edim. Hammasi bonus masalasiga borib taqalardi, o‘sha paytda klub uchun har bir yevro muhim edi.
Men uchun bu baribir hech narsani o‘zgartirmasdi, shuning uchun muammo bo‘lmadi, ammo men doim o‘ylardim: gol uraymi-yo‘qmi», — deya 37 yoshli futbolchining so‘zlarini Barca Universal keltiradi. Robert Levandovski 2022 yil yozida «Bavariya»dan «Barselona»ga o‘tgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.