date

To‘rtko‘lda budjet pulini talon-toroj qilgan shaxsdan 90 mln. so‘m undirildi

To‘rtko‘lda budjet pulini talon-toroj qilgan shaxsdan 90 mln. so‘m undirildi

Fuqaro X.I. qurilish firmasi rahbari bo‘lib ishlab, maktabni ta’mirlash uchun davlat budjetidan ajratilgan pul mablag‘larini talon-toroj qilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan Buxoro viloyati sudining 17.10.2025 yildagi qarori bilan 90 mln. so‘m jinoiy jarima solingan.

Ushbu jarimani undirish haqidagi ijro varaqa Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Xususan, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning nomida aniqlangan avtomashina va ko‘chmas mulkga band solingan.

Shuning natijasida, qarzdor 90 mln. so‘m jinoiy jarimani joriy yilning 16 dekabr kuni to‘lagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » To‘rtko‘lda budjet pulini talon-toroj qilgan shaxsdan 90 mln. so‘m undirildi