date

Levandovski 2026 yil uchun maqsadlarini ma'lum qildi

Levandovski 2026 yil uchun maqsadlarini ma'lum qildi
«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski kelayotgan yilda nimalarga erishmoqchi ekanini aytdi. Katta ehtimol bilan, 37 yoshli futbolchi uchun joriy mavsum «Barselona»dagi so‘nggisi bo‘ladi: uning shartnomasi iyun oyi oxirida yakunlanadi.

«Men hammasini yutmoqchiman — La Liga va Chempionlar ligasini. Shuningdek, Polsha terma jamoasi bilan birga jahon chempionatiga yo‘llanma olishga umid qilaman», — deya Levandovskining so‘zlarini Managing Barca keltirdi.

Hans-Diter Flik jamoasi Ispaniya chempionatida 18 turdan so‘ng turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Polsha terma jamoasi JCh-2026 yo‘llanmasi uchun pley-offda kurashadi: yarim finalda u Albaniya bilan o‘ynaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Levandovski 2026 yil uchun maqsadlarini ma'lum qildi