
Rossiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi va «Manchester Yunayted»ning eks futbolchisi Andrey Kanchelskis «PSJ» darvozaboni Matvey Safonovning dekabr oyida klubning eng yaxshi futbolchisi deb topilgani haqida fikr bildirdi. Uni birinchi o‘ringa fransuz nashri Le Parisien qo‘ydi.
«Safonov juda zo‘r yigit! U berilgan imkoniyatdan foydalandi va so‘nggi uchrashuvlarda yaxshi o‘ynadi.
Matveyni bunday yutuq bilan faqat tabriklay olaman. Uni haqli ravishda oyning eng yaxshi futbolchisi deb tan olishdi», — deya Kanchelskisning so‘zlarini «Sovetskiy sport» keltiradi.
17 dekabr kuni Safonov qit'alararo kubok sohibiga aylandi: u Braziliyaning «Flamengo» jamoasiga qarshi finalda o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida 4 ta zarbani qaytardi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.