21:47 / 13.01.2017
25 130

Xayriya qilingan 10 tonna oltin va Makka haqida eng qiziq faktlar

Xayriya qilingan 10 tonna oltin va Makka haqida eng qiziq faktlar

1. Makkaga musulmon bo‘lmagan odamlarning kirishi Saudiya Arabistoni qonunchiligiga ko‘ra ta’qiqlanadi. O‘rta asrlarda ushbu qonunga amal qilmaslik uchun o‘lim jazosi qo‘llanilgan. Biroq tarixda ba’zi bir istisnolar bo‘lgan. Makkaga kelgan ilk musulmon bo‘lmagan inson bu boloniyalik italyan sayyohi Lyudovik de Vertema bo‘lgan, u bu erga 1503 yilda qadam ranjida qilgan. Yana bir musulmon bo‘lmagan mashhur insonlardan biri ser Richard Frensis Byorton bo‘lgan, u XIX asrda Afg‘onistondan soxta nom bilan Makkaga haj qilgan.

2. 1979 yildagi Al-Haram masjidining istilo qilinishi


1979 yilning 20 noyabrida Al-Haram masjidi 500 nafar jangarilar tomonidan istilo qilingan, bu paytda masjidda 6000 nafar kishi bo‘lgan. Jangarilar yo‘lboshchisi al-Utayba neft AQShga sotilmasligini, davlat g‘aznasi sarf etilmay, Sauditlar saltanati ag‘darilishini talab etgan. Masjidni ozod etishga bo‘lgan birinchi urinish samara bermadi. 22 noyabrda ikkinchi urinish amalga oshirilgan. Biroq masjid darvozalari turib bergan. Uchinchi martta bu ishga 3000 nafar jangari, 12 bronetransporterlar va beshta vertolet safarbar etiladi. Biroq terrorchilar raketalar yordamida 3 ta mashinani portlatib, vertoletni urib tushirishadi. Shunda qirol Fransiyaga yordam so‘rab murojaat etadi. Bu boshqa dindagilar uchun yagona istisno bo‘lgan. 4 dekabrda fransuz maxsus xizmati otryadi masjidga xujum qilib, 200 nafar jangari halok bo‘ladi, 250 tasi hibsga olinadi. Tergovdan so‘ng Juxeyman va uning o‘nlab hamtovoqlarining boshi Saudiya Arabistoni bosh shaharlari maydonlarida omma oldida tanidan judo etilgan. Bu qirollikda uyushtirilgan eng ommaviy qatl bo‘lgan!

3. Al-Haram masjidining 9 ta minorasi mavjud

Dunyodagi hech bir masjid buncha minoraga ega emas. Masjid hovlisining uzunligi 165 metr, kengligi 111metrni tashkil etadi. Uning umumiy maydoni 309 ming kvadrat metrga egadir. U 4 ta darvoza va 44 ta kirish joyiga ega.

4. Dunyodagi barcha musulmonlar uchun Makkai Madina va uning atrofi muqaddas sanaladi

Kuniga besh martta dunyodagi 1,5 milliard musulmonlar namozda Makka tomonga yuzlanishadi.
Shaharning ikkinchi nomi Makka Al-Mukarramadir, u “Muqaddas Makka” degan ma’noni anglatadi. Bu erda har qanday harbiy harakatlar, daraxtlarni kesish, tirik hayvonlarni o‘ldirish (qurbonlikka keltiriladigan hamda eyish uchun so‘yiladigan jonivorlardan tashqari) ta’qiqlanadi. Makka shahrining rasmiy boshlig‘i Saudiya Arabistoni qiroli sanaladi. Mahalliy o‘z-o‘zini idora qilish organiga 14 nafar mahalliy fuqaro saylanadi, ular shaharni bevosita idora etishadi. Viloyat gubernatori 2007 yilning 16 mayidan beri shahzoda Xolid Al-Faysaldir.
Har yili Saudiya Arabistoniga 5 million odam haj safariga keladi.
Makka atrofidagi ko‘chmas mulk bahosi doimiy ravishda o‘sib boradi
Makka toshli quminiing bir kvadrat metri ba’zi joylarda 150 ming dollarga baholangan. Bundan bir necha yil oldin Makka markazidagi uylardan biri 11,5 mln dollarga sotilgan. Uning yagona ustunligi Makka masjidi yonidadagi ko‘p qavatli binoda bo‘lganligidir. 18-qavatdagi uy derazasidan masjid hovlisiga kirib, nomoz marosimlarini o‘tkazayotganlarni bemalol ko‘rish mumkin.

Makka-qirollikning eng yirik ishbilarmonlar markazi sanaladi. Bu erda sauditlarga tegishli barcha kompaniya va korxonalarning 30 foizi ro‘yxatdan o‘tgan. Bu borada hatto eng rivojlangan, neft viloyati sanalmish Er-Riyad ham ortda qoladi.

5. Saudiya Arabistonidagi eng katta imorat

Abraj al-Bait minorasi osmono‘par binolardan iboratdir. U hajm jihatidan dunyodagi eng katta (eng baland emas), Saudiya Arabistonidagi eng baland va musulmon dunyosida Burj-Xalifadan keyin ikkinchi o‘rindagi egallaydigan minora sanaladi. U joylashgan joyiga ko‘ra ko‘rimlidir. U Islomning eng bosh ziyoratgohi bo‘lmish Ka’ba joylashgan Al-Haram masjidi ro‘parasida joylashgan. Mehmona sanalmish ushbu imoratlar har yili bu erga tashrif buyurgan 100 mingdan ziyod xojilarni qabul qiladi. Abraj al-Baiti minoralari 4 qavatli savdo rastalari hamda 800 ta mashinaga mo‘ljallangan parkovkaga egadir. Turar joy binolarida esa shahar fuqarolarining uylari joylashgan. Imorat shuningdek ikkita vertolet maydonchasi, biznes-sayyohlarga xizmat qiluvchi konferens-markazga ega.

6. Dunyodagi eng baland soat

Qirollik minorasi yuqorisida diametri 80 metrlik soat bor. U Big-Ben soatlaridan ham kattaroqdir. Undagi soat millarini kechasi 17 kilometr, kunduzi 12 kilometr uzoqlikdan 10 mln odam ko‘ra oladi. Ularda yuqori aniqlikdagi mexanizm qo‘llaniladi. Azon paytida xronometrni 21 ming oq va yashil lampochkalar (Saudiya Arabiyatoni bayrog‘ining rangi) yoritib turadi. Bu paytda uni minoradan 30 kilometr uzoqlikdan ko‘rsa bo‘ladi.
Soat mili 17 metr, daqiqani ko‘rsatuvchi mil 22 metrni tashkil etadi. Bu soat Germaniyada ishlab chiqarilgan. Soat shamol, chang va yomg‘irdan himoyalangan. U quyosh batareykalaridan quvvat olib, elekttarmoq yordamida yoritilib turiladi.

7. Mansa Musa- Afrikadagi Mali saltanati hukmdori 1324 yilda Makkaga haj safariga yo‘l oladi. O‘shanda davlat ayni rivojlanish pallasida edi, shu bois ham 60000 nafar xizmatkor, shuningdek tuya va boshqa jonivorlar podasi u bilan birga borgan. Ular birgalikda bir necha tonna oltin yuklab, yo‘l-yo‘lakay u kambag‘allarga tarqatib ketilgan. Shuningdek har juma kuni bu karvon to‘xtagan joyda Musaning buyrug‘iga ko‘ra masjid qurilgan. Biroq bunday qo‘li ochiqlik yaqin o‘n yilga Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq iqtisodiyotini tang ahvolga solib qo‘ygan. Chunki oltinning ko‘p miqdordagi kelishi uning qimmatini tushirib, mahsulotlarga bo‘lgan narx-navo ko‘tarilgan ekan.

Manba: Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xayriya qilingan 10 tonna oltin va Makka haqida eng qiziq faktlar