date

Gvardiola: “Byornli” ustidan yirik g‘alaba bizga ruhiy kuch qo‘shdi

Gvardiola: “Byornli” ustidan yirik g‘alaba bizga ruhiy kuch qo‘shdi

Angliya Premer-ligasi 6-turidan o‘rin olgan bellashuvda “Manchester Siti” o‘z uyida “Byornli” ustidan yirik 5:1 hisobida zafar qozondi. O‘yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, jamoasi deyarli butun uchrashuv davomida yuqori saviyada o‘ynadi. Faqatgina qisqa bir vaqt mobaynida — taxminan 10–15 daqiqa temp pasayganini e’tirof etdi. Ammo qolgan vaqtda maydondagi harakatlar, taktik yondashuv va jamoaviy uyg‘unlik yuqori darajada bo‘lganini ta’kidladi.

“Juda kuchli o‘yin namoyish etdik. Faqat ayrim daqiqalarda ritmni yo‘qotdik, xolos. Ammo qolgan vaqtda barchasi a’lo darajada kechdi. “Byornli” boshqa raqiblarga qarshi katta farq bilan yutqazmagan, biz esa ular darvozasiga besh marta yo‘l topdik”, – dedi Gvardiola.

Murabbiyga ko‘ra, ikkinchi bo‘limning boshlanishi ham “Siti” uchun muhim burilish bo‘ldi. Jamoa yanada ishonch bilan harakat qildi va natijada maydondagi ustunlik to‘liq ular qo‘lida bo‘ldi.

“Bu g‘alaba biz uchun katta ahamiyatga ega. Premer-liga har doim qiyin kechadi. “Yunayted”ga qarshi o‘yindan keyin kayfiyatimiz ancha ko‘tarildi. Agar ayrim paytlarda yaxshi o‘ynay olmasak ham, jamoa bo‘lib birlashib himoyalanishimiz va yuksak jamoaviylik ko‘rsatishimiz biz uchun asosiy kuch manbai”, – deya qayd etdi ispaniyalik mutaxassis.

Shuningdek, Gvardiola alohida futbolchilarning o‘yini haqida ham to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, raqib darvozaboni Uoker yuqori darajada harakat qildi. Shu bilan birga, eng yaxshi sport formasida bo‘lgan Jeremi Dokuni to‘xtatish oson emasligini alohida ta’kidladi.

“Siti”ning ushbu g‘alabasi klub muxlislari uchun katta ruhiy ko‘tarinkilik baxsh etdi. Mavsumning oldindagi bahslarida ham shunday kuchli ruh bilan maydonga tushish jamoa oldidagi asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: “Byornli” ustidan yirik g‘alaba bizga ruhiy kuch qo‘shdi