Nigeriyalik oshpaz Hilda Baki ikki marta Ginnes rekordini yangiladi. U Lagosda restoran yuritadi, oshpazlik darslari beradi va shaxsiy oshpazlik xizmatini taklif qiladi.
Baki 2023-yilda 93 soat 11 daqiqa davom etgan to‘xtovsiz davom etgan oshpazlik marafoni bilan e’tiborni tortgan edi. Shu oyda esa u bitta katta idishda 8,7 tonnadan ortiq Jollof guruchini pishirib Ginnes rekordini yangiladi.
Uning muvaffaqiyati tasodif emas. Baki o‘z brendini rivojlantirishni rejalashtirgan va kelajakda jahon bo‘ylab restoranlar ochmoqchi. Maqsadi – Nigeriya oshxonasini dunyo miqyosida mashhur qilish. U o‘zining kokosli guruch retseptini ham dunyoga tanitmoqchi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar